Êóðñîâàÿ: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà

Êóðñîâàÿ: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI

JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

“SIYOSATSHUNOSLIK” KAFEDRASI

KURS ISHI

Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar

Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM

Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.

TOSHKENT-2003

Mundarija

1.

Kirish.........................................................................

3

2. Urushning sabablari.................................................. 4

3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari............ 5

4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari........................ 7

5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar............... 8

6. Bolgariyaning urushga qo’shilishi............................ 12

7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya.................. 14

8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi.................... 17

9.

Xulosa.......................................................................

18

10.

Foydalanilgan

adabiyotlar 19

Kirish

XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bo’lib

olish uchun bo’lgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga

olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya,

Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Franciya, chor

Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va

boshqa davlatlar qo’shildilar.

Davlatlarning mazkur ikki guruhi o’rtasida mustamlakalarni bo’lib olish,

ta’sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan

kuchlarning yangicha o’zaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini

qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning

o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki

hali bo’lib olinmagan yerlarni qo’lga kiritish uchun intilayotgan yirik

sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu – dunyoni qaytadan

bo’lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega

bo’lish uchun kurash edi.

1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish bo’yicha Antanta mamlakatlarini,

harbiy tayyorgarlik bo’yicha Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat

armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab

qo’yilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qo’l kelar edi. Chunki u o’z

raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat

edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushining tezlashishiga sabab

bo’ldi.

Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va hayotining

so’nggi kunlarini o’kazmoqda edi. U mamlakatning so’nggi podshoxi bo’lib,

deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati

tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning jiyani, taxt vorisi –

ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U Serbiyani tor-mor

qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi.

1914 yil iyun oyi so’ngida Franc-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik

ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini ko’rikdan o’tkazish uchun Bosniyaga borishga

qaror qiladi.

Sarayevo shaxri bo’ylab sayohati chog’ida Franc-Ferdinand va uning xotini serb

armiyasi oficerlaridan tuzilgan “Qora qo’l” tashkiloti a’zolari

tomonidan o’ldiriladi.

Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni

balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lar edi, ammo sodir bo’lgan bu voqea

Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash

imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini

bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va

ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.

Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til

23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech bir

davlat qabul qila olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin

va Venadagilar xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagan edilar. Rossiyaning

Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang

shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi

o’zagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda

Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi.

1 avgust kuni ham Germaniya safarbarlik e’lon qildi va shu kiniyoq

Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda

Germaniya Franciyaga urush e’lon qildi. 4 avgustda esa Angliya

Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush g’ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi.

1914 yil 23 avgustda Yaponiya Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi

bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli

bo’lgan bir qancha orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani

qo’llab-quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgam

berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya

Turkiyaga urush e’lon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan so’ng 1915 yil 23

mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi. Shu tariqa birinchi jahon

urushi boshlanadi.

Urushning sabablari

Êóðñîâàÿ: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà Urushning eng asosiy sabablari

bu – Yevropa davlatlarining ikki harbiy-siyosiy guruhi – Antanta va Uchlar

ittifoqi o’rtasida dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun kurash va jahon bozorida

ta’sir doiralarini qaytadan bo’lib olish , yangi yerlar zabt etish uchun kurash

edi.

Har bir urushayotgan davlatning ma’lum bir maqsadi bor edi. Germaniyaning

asosiy maqsadi Angliya va Franciyaning mustamlakalarini bosib olish, Franciya

va Rossiyani kuchsizlantirish, Yevropa va Osiyoda( Sharqiy O’rta Yer dengizi

mamlakatlari, Turkiya) o’z hukmronligini o’rnatish edi.

Avstro-Vengriya - Bolqonda ta’sir doirasini kengaytirish, zulm ostidagi

slavyan xalqlarining milliy-ozodlik harakatini bostirish;

Angliyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish, uning

mustamlakalarini bir qismini bosib olish, Usmoniylar imperiyasini bo’lish

edi.

Franciyaning asosiy maqsadi Germaniyani kuchsizlantirish Germaniyaning Elzas

va Lotaringiya, Saar viloyatlarini, Reyn viloyatining bir qismini qaytarib

olish;

Rossiyaning asosiy maqsadi Bolqonda va Bosfor hamda Dardanel bo’g’ozlarida

o’z hukmronligini o’rnatish, Germaniyani kuchsizlantirish, Avstro-

Vengriyaning Bolqondagi hukmronlik havfini bartaraf etish;

Italiyaning asosiy maqsadi Afrika va Bolqonda yangi hududlar egallash edi.

Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari

Hali urush boshlanishidan ko’p vaqt o’tmay, Antanta davlatlari o’rtasida

kelajak o’ljani qay tarzda bo’lib olish haqida muzokaralar boshlanib ketdi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sazonov ittifoqchi davlatlarlar elchilari

Paleolog va Byukenenga dunyoni urushdan keyen bo’lish rejalarini topshirdi.

Bu dastur Germaniya va uning ittifoqchilarini to’la mag’lubiyatga uchratishni

ko’zda tutar edi. Uning mazmuni quyidagicha edi:

1)Ittifoqchilarning eng asosiy maqsadi Germaniyaning harbiy qudratini

sindirishdan iborat; 2)hududiy o’zgarishlar faqat milliy asosda o’tkazilishi

lozim; 3)Rossiya ixtiyoriga Nemanning quyi oqimi va Sharqiy Galiciya

o’tishi kerak edi; Poznan, Sileziya va G’arbiy Galiciya Polshaga o’tishi

kerak edi(uni Rossiyaga qaram davlat sifatida tiklash mo’ljallangan edi);

4)Franciyaga Elzas-Lotaringiya qaytarib berilar,Reyn viloyati va

Palatinatning bir qismi berilar edi; 5)Belgiyaning hududi Germaniya hisobiga

kengaytirilar edi; 6)Shlezvig va Goldshtein Daniyaga qaytarib berilar edi;

7)Prussiya tomonidan 1866 yil anneksiya qilingan Gannover qirolligi qayta

tiklanishi kerak edi; 8)Avstro-Vengriya uch davlat – Avstriya, Vengriya va

Chexiyadan iborat monarxiyaga aylantirilishi lozim edi; 9)Serbiyaga Bosnia,

Dalmaciya, Gercegovina va Shimoliy Albaniya berilishi kerak edi;10) Serb

makedoniyasi Bolgariga berilishi kerak edi; 11) Valona Italiyaga, Janubiy

Albaniya Greciyaga berilar edi;12) German mustamlakalari Angliya, Franciya

va Yaponiya o’rtasida bo’lib olinishi kerak edi; 13)Germaniya va Avstriyadan

kontributciya undirib olinishi kerak edi.

Bu dasturdan ko’rinib turibdiki Rossiya asosan o’zining manfaatlaridan

kelib chiqqan holda bu masalaga yondoshgan. 26 sentyabrda Rossiya qo’shimcha

talab bilan chiqdi. U Rossiya kemalarining bo’g’ozlardan erkin, hech qanday

to’siqsiz kechishini ko’zda tutar edi. Lekin rus hukumati Turkiya hududini

bosib olish davo’larini hali qilmagan edi.

Turkiyani bo’lib olish masalasini ilk bor ingliz diplomatiyasi ilgari surdi.

Sazonovning dasturiga o’z munosabatlarini bildira turib, Angliya tashqi

ishlar vaziri Grey:”Agar Turkiya Germaniyaga qo’shilsa, bu davlat barham

topishi kerak”- dedi. U tinchlik dasturiga german flotinig topshirilishi,

Kil kanalining neytrallashtirish, Italiya va Ruminiyaning manfaatlari

hisobga olinish kabi qo’shimchalar qo’shilshi kerakligini ta’kidladi. Lekin

Grey Franciyaga Reyn viloyati berilishiga qarshi chiqdi. Shunday qilib

urushning dastlabki kunlaridan ittifoqchilar o’rtasida mustamlakalar

borasida kelishmovchiliklar kelib chiqdi.

Turk merosini bo’lib olish borasida 1914 yilning o’zidayoq diplomatik kurash

avj oldi. Ruslar uchun Turkiyaga zarba berishning eng qulay yo’li Erondan,

turklarning o’ng qanotini aylanib o’tib zarba berish edi. Ingliz hukumati

bunga yo’l qo’yishni istamas edi. Grey rus elchisi Bekkendorf bilan

suhbatida uni shu narsaga ishontirishga harakat qilar ediki, rus hukumati

Eron hududidan Turkiyaga qarshi urushda foydalanmasligi kerak edi. Uning

fikricha Rossiya o’z kuchlarini german frontidan chalg’itmasligi kerak edi.

Germaniya bilan kurash Turkiya bilan urushning natijasini hal qilar edi. U

agar Germaniya mag’lubiyatga uchratilsa, Konstantinopol(Istanbul) va

bo’g’ozlar masalasi Rossiya foydasiga hal qilinishini takidlaydi.

Oradan ko’p o’tmay Greyning fikrini Angliya qiroli Georg V ta’kidladi. Lekin

1914 yil 14 noyabrda rus hukumatiga yuborilgan rasmiy notada birinchi

o’rinda Rossiya bor kuchini german frontiga yuborishi, turk frontida esa

faqat mudofaa bilan cheklanish kerakligi haqida gapirilar edi. Bo’g’ozlar va

Stambul masalasi esa Rossiya roziligi bilan yechilishi kerakligi ta’kidlanar

edi. Bu nota uncha ham ishonchli emas edi.

G’arbiy frontda qiyin vaziyat yuzaga kelgani sababli ittifoqchilar

qo’mondonligi dushmanni yengish uchun boshqa malgamc yo’l izlay boshladilar.

1915 yil 25 fevralda ingliz va francuz kemalari Dardanel bo’g’ozi

kiraverishida joylashgan fortlarni o’qqa tuta boshladilar.Dardanel

operaciyasi muvaffaqiyat qozonishiga ishonib, Greciya bosh vaziri Venizelos

Greciya Antanta tarafida urushga kirishi va Dardanel bo’g’oziga desant va

flot yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Chor hukumati bundan juda

hadiksiradi va Konstantinopol greklar qo’liga o’tib ketishidan qo’rqib

Greciyaning urushda qatnashishiga keskin norozi bo’ldi.

Lekin Greciya qiroli Konstantin Germaniyani qo’llab-quvvatlar va neytralitet

tarafdori edi. U 1915 yil 6 martda Venizelosni iste’fo berishga majbur qildi.

Greciya neytral bo’lib qoldi.

Agar Dardanel operaciyasi muvaffaqqiyat qozonadigan bo’lsa, bo’g’ozlar

ustidan nazorat Angliya va Franciya qo’liga o’tar edi. Angliya va Franciya

Rossiyaga berilgan va’da, yani Dardanel va Bosfor bo’g’ozlari hamda

Konstantinopolni berishni biror bir rasmiy hujjat bilan mustahkamlashga

shoshilmas edilar.

Germaniyaning bosqinchilik rejalari

Germaniyaning bosqinchilik rejalari o’z darajasiga ko’ra Antanta

davlatlarining rejalaridan ham kengroq edi.German hukmron doiralari dunyoni

tubdan o’zgartirishni talab qilar edilar. German hukmron doiralari orasida

paydo bo’lgan ikki hujjat diqqatga sazovor:oltita eng yirik Germaniya

iqtisodiy tashkilotlari chiqargan memorandum va olimlar memorandumi. Olti

eng yirik iqtisodiy tuzilmalar memorandumi quyidagilarni nazarda tutar edi:

ingliz, francuz, belgiyaliklar va boshqa davlatlarning mustamlakalarini bosib

olish; Antanta davlatlari bo’yniga reparaciyalar yuklash; Belgiya ustidan

protektorat o’rnatish; Franciyaning La-Manshdan Somma daryosigacha bo’lgan

hududlarini qo’shib olish; temirga boy Brieyni, Verden, Vogez va Belfor

qasrlarini bosib olish. Shu bilan birga ushbu hududlarda bosib olingan yirik

va o’rta yer mulklarni musodara qilish va ularni nemis oficerlari qo’liga

berish ko’zda tutilgan edi. Haqiqiy yer egalarining zararlari esa Franciya

hisobiga qoplanar edi.

Yevropaning sharqida ham yirik hududlarni Rossiya hisobiga qo’lga kiritish

ko’zda tutilgan edi. Hujjat tuzivchilarning fikricha urushdan so’ng

sanoatning rivojlanishi uchun yirik agrar baza kerak bo’lar edi.Shuning

uchun ulkan yer resurslari talab qilinar edi. Yuqorida keltirilgan hujjat

o’sha paytda paydo bo’lgan minglab shu kabi hujjatlardan biri bo’lib,

ularning ba’zilari matbuotda e’lon qilinar, ba’zilari faqat hukmron doiralar

uchun mo’ljallangan edi.

Germaniyaning hukmron doiralari buyuk davlatchilik shovinizmi bilan mast

edilar va butun dunyoda Germaniya hukmronligini o’rnamoqchi edilar. Ammo

o’zlarini ko’klarga ko’tarib maqtaydigan ba’zi kishilardan farqli o’larog

Germaniyaning o’sha paydagi kancleri Betman-Goltbeg ehtiyotkor siyosat

tutdi va o’z chiqishlarida Germaniya bosqinchilik urushi olib bormasligini

ta’kidlar edi.Ammo haqiqatda esa u juda katta hududlarni Germaniya qo’l

ostida birlashtirishga qaror qilgan edi.

Êóðñîâàÿ: Èñòîðèÿ Áàõòè¸ðà

1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar

Germaniya qo’mondonligi harbiy harakatlar rejasiga muvofiq 4 avgust kuniyoq

Belgiyaga asosiy hujumni boshladi.Bu yerda mudofaani yorib o’tish va

Yevropaning hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan sanoat rayonlarini egallab, bir

hamla bilan urushni yakunlash nazarda tutilgan edi. Germaniya qurolli kuchlari

shiddatli hujum natijasida bir necha hafta mobaynida deyarli jangsiz Belgiyani

bosib o’tdilar va Franciya hududiga kirib, Sena daryosi irmog’i bo’lgan Marna

sohillariga chiqdilar.1914 yilning 5-12 sentyabr kunlari Marna bo’yida

francuz va nemis qo’shinlari o’rtasida og’ir jangler bo’lib o’tdi. Unda nemis

qo’shinlari mag’lubiyatga uchradilar.

Sharqiy Prussiyada rus askarlarining hujumga o’tganligi nemis qo’shinlarining

mag’lubiyatida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ldi. Rus armiyasining hujumi

dastlab muvaffaqiyatli boshlandi. U Galiciyani egallab, Sharqiy Prussiya

hududiga yorib kirdi.Germaniya qo’mondonligi rus qo’shinlarining hujumini

qaytarish uchun askarlarining bir qismini Marna bo’yidan Prussiyaga

tashlashga majbur bo’ldi.

1914 yil oktyabr oyida turkiyaning urushga kirishi munosabati bilan

Kavkazorti, Mesopatamiya, Suriya va Falastinning sharqiy chegarasida yangi

frontlar vujudga keldi. Ammo turk armiyasi urushga tayyor bo’lmaganligi sababli

Kavkazortida rus qo’shinlaridan bir qator og’ir mag’lubiyatlarga uchradilar.

1915 yil 23 mayda Italiya Antantaga qo’shildi, o’sha yil oktyabr oyida

esa Bolgariya Germaniya-Avstriya ittifoqiga qo’shildi.

Marna bo’yidagi janglarda mag’lubiyat alamini tortgan ittifoqchi qo’shinlar

Germaniyaning sherigi Turkiyani urushdan chiqarish uchun dengizda bir qator

operaciyalarni malgam oshirdilar. 1915 yil fevral oyida ingliz – francuz

floti Turkiyaning Dardanel bo’g’ozidagi istehkomlarni bombalashga kirishdi.

Ammo bu hujumlar ko’zlangan natijani bermadi. Bu operaciya davomida 200

mingdan ortiq kishi halok bo’ldi va yaralandi. Natijada ana shu hamla

tashabbuskori, Angliya harbiy flotining birinchi lordi Uinston Cherchill

vazifasidan chetlashtirildi.Shundan keyen uning siyosiy faoliyatida 25 yil

tanaffus bo’ldi.

Shu bilan faol jangovor harakatlar to’htab qoldi. Butun yil davomida

mantiqsiz turg’un urush davom etdi. Tomonlardan hech biri vujudga kelgan

vaziyatni buzishni istamas edi. Lekin, diplomatlar faol ish olib bordilar.

Dardanell operaciyasining boshlanishi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar

vaziri Sazonov ittifoqchilardan rasmiy majburiyat, yani Turkiya atrofidagi

bo’g’ozlarni berishni talab qildi. U agar Rossiyaning ittifoqchilari o’z

majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsalar u istefo berishga majbur

bo’lishini aytdi. Bu shuni anglatar ediki uni Germaniya bilan ittifoqchi

bo’lish tarafdori bo’lgan kishi bilan almashtirishlari mumkin edi.Ba’zi bir

ma’lumotlarga ko’ra o’sha paytda rus podshosi saroyida qirolicha

boshchiligida nemis saroyini qo’llab quvatlovchi katta firqa mavjud bo’lgan.

1915 yil 12 martda Angliya rasmiy nota orqali Konstantinopol va unga

tutashgan hududni,Bosfor va Marmar dengizining g’arbiy qismini, Gallipol

yarim orolini, Janibiy Frakiyani Rossiyaga berishini tasdiqladi. Lekin

Rossiya bu hududlarni faqatgina Angliya va Franciya Turkiyaning Osiyodagi

mustamlakalarni bosib olsalargina, egalik huquqini olar edi. Rossiyaning

qo’liga bo’g’ozlar o’tishi evaziga Angliya Eronning neytral deb e’lon

qilingan hudidini olishi kerak edi.Bu esa Angliya qo’liga cheksiz neft

zaxiralarining o’tishiga olib kelar edi.

Ñòðàíèöû: 1, 2



Ðåêëàìà
 ñîöñåòÿõ
áåñïëàòíî ñêà÷àòü ðåôåðàòû áåñïëàòíî ñêà÷àòü ðåôåðàòû áåñïëàòíî ñêà÷àòü ðåôåðàòû áåñïëàòíî ñêà÷àòü ðåôåðàòû áåñïëàòíî ñêà÷àòü ðåôåðàòû áåñïëàòíî ñêà÷àòü ðåôåðàòû áåñïëàòíî ñêà÷àòü ðåôåðàòû